Marg‘ilon shahrida Davlat xizmatlari samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshiriladi








Bugun Marg‘ilon shahar hokimligida viloyat hokimi o‘rinbosari Sh.Polvonov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari o‘rinbosari A. Akbarov, O‘zbekiston mahallalari uyushmalari Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Ziyavitdinov, Margʼilon shahar hokimi Sh. Nisbatxonovlar ishtirokida davlat idoralari xizmatchilari uchun Ochiq muloqot o‘tkazildi. O‘zaro muloqot chog‘ida so‘z olganlar tomonidan mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan davlat xizmatining nufuzini oshirish, davlat xizmatchilarini ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi. Muloqot davomida davlat xizmatchilari ogoh bo‘lishi lozim bo‘lgan salbiy illatlar, korrupsiya, odob-axloq normalari, kiyinish va fuqarolar bilan muloqot qilish madaniyati, davlat idoralari imijiga ta’sir etadigan omillar ham muhokama etilib, bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar, davlat fuqarolik xizmatchilari etikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar va uslubiy tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


MAKTABLARDA BIRINCHI QO‘NGʻIROQ SADOLARI JARANG SOCHDI!


“VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!”

Marg‘ilon shahrida Xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda