Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
109
5
Sayt test rejimida ishlamoqda...

342025-08-29 17:05

Marg‘ilon shahrida “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi yangidan qurilib foydalanishga topshirildi

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2098980640383935.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2098980640386325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2098980640387520.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2098980640388715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2098980640389910.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2098980640389910.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2098980640391105.jpg

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda O‘zbekiston mahallalari uyushmalari Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Ziyavitdinov, shahar hokimi Sh.Nisbatxonov, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar barchani shonli Mustaqilligimizning qutlug‘ 34 yillik bayrami bilan qutlab, so‘nggi 8 yil davomida butun respublikamizda bo‘lgani kabi Marg‘ilonda ham aholi turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shahrimizning eng chekka hududlarida ham mahallalarning infratuzilmasi yaxshilanganligini alohida e’tirof etib o‘tishdi. Mahalla fuqarolar yig‘ini binosi ta’mirtalab holatga kelib qolgan edi. Tadbirkor T.Qosimov tashabbusi bilan davlat xususiy sherikchilik asosida MFY uchun zamonaviy ko‘rinishdagi qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lgan yangi bino qurib bitkazildi. Endilikda mazkur mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yettilik xodimlari hududda istiqomat qiluvchi qariyb 5000 nafar fuqarolarga yangi binoda qulay sharoitlarda xizmat ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi. Tantanali tadbir davomida bir guruh mahalla faollari hamda nuroniylar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz