Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
109
5
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1902025-08-19 12:19

Marg‘ilon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining an’anaviy «IV-USTOZLAR MILLIY FORUMI» o'tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2097927656616955.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2097927656618150.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2097927656620540.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2097927656621735.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2097927656621735.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2097927656622930.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151100/news/file-2097927656624125.jpg

«IV-USTOZLAR MILLIY FORUMI» Marg‘ilon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining an’anaviy " IV –ustozlar milliy forumi" tadbiri “Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazildi. Tantanali tadbirni shahar hokimi Sh.Nisbatxonov kirish so‘zi bilan ochib, barcha ustoz va murabbiylarni yaqinlashib kelayotgan shonli Mustaqilligimizning qutlug‘ 34 yilligi hamda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar bilan tabrikladi. U o‘z so‘zida Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning ijodiy-intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, ta’lim sifati va samaradorligini davr ruhi bilan hamohang yo‘lga qo‘yish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganligini alohida e’tirof etdi. Bugungi kunda shahrimizdagi mavjud 34 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 40 ming nafardan ziyod o‘quvchilarga 2300 nafar pedagoglar ta’lim tarbiya berib kelishmoqda. Joriy yildagi muhim tashabbuslardan biri - “Dolzarb 90 kun” dasturidir. Bu orqali yozgi ta’til paytida o‘quvchi - yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shahrimizda bu tadbirlar doirasida 20 391 ming nafar o‘quvchi yoshlar qamrab olindi. Shuningdek, “Barkamol avlod” maktablari, oromgohlar, “Sog‘lomlashtirish maydonchalari” orqali 10 minglab yoshlarga ta’lim, sport va madaniyat orqali tarbiya berish ishlari izchil amalga oshirildi. Birgina o‘tgan o‘quv yilining o‘zida 3 ta maktab (12-,21-maktab hamda 1-DIUM)da PQ-404 sonli qarorga asosan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. Shuningdek 2024-yilda 96-sonli hay’at qaroriga asosan 8-umumta’lim maktabi mukammal ta’mirlandi hamda qo‘shimcha 420 o‘rinli o‘quv binosi qurildi, 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qo‘shimcha 330 o‘rinli yangi bino qurib foydalanishga topshirildi. Ushbu qurilish ishlari uchun (17,4 mlrd) so‘m mablag‘ ajratilgan. Shahardagi 12 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hamda 2 ta DMTTlarda «Tashabbusli byudjet» loyihasida (14,0 mlrd.so‘m) mablag‘lar ajratilib, qo‘shimcha binolar qurildi, sun’iy qoplamali stadion hamda joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Tadbir davomida o‘tgan o‘quv yilida shaharda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilgan shu kabi sa’y-harakatlar e'tirof etilib, yangi o‘quv yilidagi maqsad va rejalar aniq belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz