“VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!”








Marg‘ilon shahrida Mustaqilligimizning 34 yillik shodiyonasi keng nishonlandi! Marg‘ilon shahridagi “Atlaschi” o‘yingohi yuragida yurt ishqi yongan, yuz-ko‘zlarida shukronalik nurlari porlagan qalbi qaynoq marg‘ilonliklar bilan to‘ldi. “Vatan uchun, millat, uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan bayram dasturini shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov tabrik so‘zi bilan ochib, Marg‘ilon shahrida so‘ngi yillarda turli sohalarda erishilgan yutuqlar, aholi turush darajasi yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ezgu sa’y-harakatlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Darhaqiqat, davlatimiz mustaqilikka erishgandan buyon Marg‘ilon shahrida ko‘rgan ko‘zni quvontiruvchi keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda Marg‘ilon shahri va uning mehnatsevar aholisi ulkan bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlari bilan yangi davrga qadam qo‘ymoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bayram tadbiri davomida O‘zbekiston xalq xofizi Ilxom Ibrohimov, shuningdek, Jo‘rabek Qodirov, Saida Aslzoda, Dinora Aslzoda, Nargiza Abdullayeva kabi el ardog‘idagi xonandalar hamda shahar Madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan yangragan erk, ozodlik, hurlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ohangi, harbiylar hamda jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarayotgan sportchi yoshlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilarida chinakam bayram kayfiyatini uyg‘otdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Marg‘ilon shahrida Xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda

Marg‘ilon shahridagi mahallalarda Mustaqillik bayram tadbirlari davom etmoqda


Amerikaga tandir sotayotgan marg'ilonlik hunarmand