Marg‘ilon shahrida loyiha qiymati 25 mlrd. so‘mlik yangi “Dunyo school” nomli xususiy maktab hamda “Dunyo baby” nomi ostida xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.








Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali ochilish marosimida shahar hokimi Sh. Nisbatxonov, mahalla faollari hamda nuroniylar ishtirok etishdi. «Pichoqchi» mahallasi hududida yirik loyihalarni amalga oshirib kelayotgan tadbirkorlar ko‘plab topiladi. "DUNYO SPEAK ACADEMY" mas’uliyati cheklangan jamiyati asoschisi Ilhom Ahmadjonov ana shunday ishbilarmon tadbirkorlardan biri hisoblanadi. Tadbirkor MCHJ qoshida 940 o‘rinli “Dunyo school” nomli xususiy maktab hamda 100 o‘ringa ega “Dunyo baby” nomi ostida xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. 25 mlrd. so‘m loyiha qiymatiga ega mazkur ta’lim muassasalarining ishga tushirilishi natijasida 35 ta ishchi o‘rni yaratildi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu maktabda rus va ingliz tillari bilan bir qatorda o‘quvchilarga xitoy tili ham o‘rgatiladi. Dars mashg‘ulotlari Xitoy davlatidan kelgan malakali o‘qituvchi tomonidan olib boriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Marg‘ilon shahar hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Farzand tarbiyasi – eng ulug‘ va muqaddas mas’uliyat

“YANGI O‘ZBEKISTON TAYANCHI, SIZ AZIZ USTOZLAR!”
