“YANGI O‘ZBEKISTON TAYANCHI, SIZ AZIZ USTOZLAR!”







Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazildi. Muloqotda yurtimizda oxirgi 8 yilda ta’limga, ustozlarga berilayogan e’tibor, erishilgan yutuqlar, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida bir qancha yangiliklar aytildi. Prezidentimizning muloqotida soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida e’tibordan barcha minnatdor bo‘lib, xursandchilik bilan kutib oldi. Jumladan shahrimizda joylashgan "Navo" toʼyxonasida ta’lim sohasi xodimlari vakillari uchun “Yangi O‘zbekiston tayanchi, Siz aziz ustozlar!”, deb nomlangan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahr hokimi Sh. Nisbatxonov, prokuratura, IIB, DSI boshliqlari ishtirok etishdi. Shahr hokimi yaqinlashib kelayotgan O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan barcha ta’lim sohasi xodimlarini bayramlari bilan muborakbod etdi. Bayram dasturxon atrofida jam boʼlgan ustozlarga shahar Madaniyat markazi xonandalari ijrosidagi diltortar kuy va qoʼshiqlar yanada koʼtarinki kayfiyat ulashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Marg‘ilon shahar hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Farzand tarbiyasi – eng ulug‘ va muqaddas mas’uliyat

