«Hokim va yoshlar» uchrashuvida asosiy e’tibor bitiruvchi yoshlarning bandligiga qaratildi







Bugun Margʻilon shahar hokimligi majlislar zalida ochiq muloqot shaklida «Hokim va yoshlar» uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda oliy taʼlim muassasalarining 50 nafardan ortiq bitiruvchi yoshlari ishtirok etishdi. Shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov yoshlar bilan ochiq muloqotga kirishar ekan, ertamiz egalari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarga butun mamlakatimizda bugungi kunda yaratib berilayotgan imkoniyatlarni alohida e’tirof etib o‘tdi. Uchrashuv davomida ish bilan taʼminlash, amaliyotga yoʻnaltirish kabi yoshlar tomonidan bildirilgan har bir murojaat hamda takliflar yuzasidan belgilangan aniq vazifalarni ijrosini ta’minlash bo’yicha mas’ullarga tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi. Shahar hokimi yoshlarning har bir murojaati eʼtibordan chetda qoldirmasligi, ularning tashabbuslarini roʻyobga chiqarishda amaliy yordam koʻrsatilishini taʼkidladi. Aniq topshiriqlar, manzilli yondashuv va real yechimlarga intilish uchrashuvning asosiy yo‘nalishi bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Milliy liboslar chelenji: milliylik va qadriyatlarning targ‘iboti



«Chorchinor» mahallasidagi ko‘p sonli aholi murojaati ijobiy xal etildi